Сделать свой сайт бесплатно

Реклама

Создай свой сайт в 3 клика и начни зарабатывать уже сегодня.

@ADVMAKER@

kompyuter va internetdan foydalanish

10.03.2012
referat
Комментарии (1)Просмотров (2832)


temurbek 10.03.2012 в 16:12

KOMPYUTER VA INTERNETDAN FOYDALANISH

Informatika fanini o`qitishda kompyuter va internetdan foydalanish bo`yicha tavsiyalar.

Informatika darsida kompyuterdan foydalanish bo`yicha "Windows ish stoli yorliqlari" mavzusidagi Power point dasturida tayyorlangan ushbu taqdimotni bu erdan olishingiz mumkin.

Windows bilan ishlash asoslari

Bosh menyudan buyruqlarni tanlash

Bosh menyu hujjatlarni ochish va dasturlarni ishga tushirish uchun Windows tizimining asosiy anjomidir. Bosh menyuni ham sichqoncha, ham klaviatura orqali boshqarish mumkin

Bosh menyu Пуск tugmasini bosish bilan ochiladi .

Zarur bo‘limni tanlash sichqoncha ko‘rsatkichini surish bilan bajariladi. O‘ng tomondagi kichkina uchburchak – bu bo‘lim ichki menyuga ega ekanligini bildiradi. Ichki menyuni ochish uchun uning ustida sichqoncha ko‘rsatkichini bir oz ushlab turish, yoki chap tugmasini bosish kifoya.

Bir necha ichki menyularni ketma-ket ochib, zarur bo‘limga yo‘l ochish mumkin. Agar menyu noto‘g‘ri ochilsa, ko‘rsatkichni oldingi menyuga qaytarib, qayta to‘g‘risini tanlash mumkin. Dasturni ishga tushirish, yoki hujjatni ochish, menyuning zarur buyrug‘ida sichqoncha tugmasini bosish

 

bilan amalga oshiriladi.

Bosh menyuni yopish uchun uning tashqarisida sichqoncha tugmasini bosish kifoya. Bosh menyu bilan sichqonchadan tashqari, klaviatura yordamida ham ishlash mumkin. Bu usul Пуск tugmasi yashirin bo‘lsa yoki sichqonchadan foydalanish noqulay bo‘lsa, Bosh menyuga murojaat qilish imkonini beradi.

Bosh menyu yuqori darajasiga chiqish uchun Ctrl + Esc klavishlar kombinatsiyasi yoki maxsus "Windows" klavishidan foydalaniladi.

Zarur bo‘lim yuqoriga б va pastga в klavishlari yordamida tanlanadi. Ichki menyuni ochish uchun o‘ngga а klavishidan foydalaniladi. Orqaga qaytish chapga Я klavishi orqali bajariladi.

Tanlangan buyruqni bajarish uchun Enter klavishi bosiladi. Bosh menyuni yopish uchun Esc klavishidan foydalanish mumkin.

Dasturlarni ishga tushirish

Har qanday tizimning, shu jumladan Windows tizimining asosiy vazifasi dasturni ishga tushirishni ta'minlashdir.

Dasturni ishga tushirishning eng sodda usuli – uning nishoni yoki yorlig‘ida sichqoncha tugmasini ikki marta bosish hisoblanadi.

Agar dastur nishoni avvaldan tanlangan bo‘lsa, Enter klavishini bosib dasturni ishga tushirish mumkin. Nishonni tanlashni kursorni boshqarish klavishlaridan, yoki sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish bilan bajarish mumkin.

Dastur uchun qidirish yo‘li ma’lum bo‘lsa, Проводник dasturi yoki ixtiyoriy papka oynasida Адрес panelidan foydalanish mumkin.

 

Dasturni ishga tushirish uchun kontekstli menyudan ham foydalanish mumkin. Buning uchun nishon yoki yorliqda sichqoncha o‘ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekstli menyuda Открыть buyrug‘i tanlanadi.

Главное меню: Пуск4Выполнить buyrug‘i orqali ochiluvchi Запуск программы muloqot oynasi dasturlarni ishga tushirishda katta imkoniyatlarga ega. Bu oynaning Открыть maydonida bajarilayotgan faylni qidirish yo‘li kiritilishi kerak. Agar qidirish yo‘li noma'lum bo‘lsa yoki qo‘lda kiritish noqulay bo‘lsa, Обзор tugmasidan foydalaniladi. Обзор muloqot oynasi bajarilayotgan faylni qidirish imkonini beradi va Открыть maydoniga qidirish yo‘li avtomatik ravishda kiritiladi.

Dasturni ishga tushirish uchun OK yoki Enter klavishi bosiladi

Hujjatni ochish

Windows tizimida hujjatlarni ochishning bir necha usuli mavjud. Hujjat turi tizim ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa, qaysi dastur orqali ochishni tizimning o‘zi aniqlaydi. Faraz qilaylik, hujjat ochilgan papka oynasida joylashgan bo‘lsin. Hujjatni ochish uchun uning yorliq yoki nishonida sichqoncha chap tugmasi ikki marta bosiladi.

Agar nishon avvaldan ajratilgan bo‘lsa, hujjatni Enter klavishini bosish bilan ham ochish mumkin. Nishonni tanlash uchun sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish yoki kursorni boshqarish klavishlaridan (yo‘naltirish klavishlari) foydalanish mumkin. Bundan tashqari hujjatni ochish uchun kontekstli menyudan ham foydalanish mumkin. Buning uchun hujjat nishonida sichqoncha o‘ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekstli menyuda Открыть satri tanlanadi.

Agar hujjat turi Windows tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, uni ochish bir oz murakkablashadi. Bunda qanday dastur yordamida ochish zarurligi ko‘rsatilishi lozim. Ro‘yxatdan o‘tmagan hujjatni ochishda ekranda Открыть с помощью muloqot oynasi ochiladi .

Выберите используюмую программу ro‘yxatida hujjatni ochishga yordam beruvchi dastur tanlanadi. Всегда использовать выбранную программу qo‘yilmasiga bayroqcha o‘rnatilsa, fayl turi avtomatik ro‘yxatdan o‘tkaziladi va keyinchalik bunday hujjatlarni ochish oson bo‘ladi.

Bunday hollarda Описание файлов maydoniga bu turdagi hujjat haqida qisqacha ma’lumot kiritilishi ham mumkin.

Zarur ma’lumotlarni kiritish OK tugmasini bosish bilan tugallanadi.

Avvalo siz internet nima?- degan savolga javob bera olishingiz kerak.

Internet global tarmoqqa ulangan kompyuterlar majmuidir. Aslida Internet millionlab kompyuterlarni, dasturlarni, ma'lumotlar bazalarini, fayllarni va odamlarni birlashtiruvchi tarmoqlardan tashkil topgan tizimdir.

Internet imkoniyatlari

-Ta'lim olish

-Muloqat vositasi

-Umumiy ma'lumotlar bazalari va kutubxonalar

-Bilimlar almashish vositasi

-Hamkorlik

-Elektron ofis

Siz Internet Explorer bilan ishlashni bilasizmi?

Internetda ishlashni boshlashdan oldin Internet bilan ishlaydigan dasturni ishga tushirish kerak. Bunday dasturlar brauzerlar deb ataladi. Zamonaviy brauzerlardan biri bu Internet Explorer.

Siz internet Explorerni bir necha usullarda ishga tushirishingiz mumkin:

-Ish stolidan

-"Пуск" menyusi yordamida

-"Быстрый запуск" panelidan

 

Internet Explorerni ishga tushirganingizdan so`ng, Internet Explorer interfeysi hosil bo`ladi:

 

Internet Explorer dasturini ham boshqa dasturlar oynasidek menyu satri va yordamchi to`gmalari mavjud. Dasturda ishlash uchun biz har birini bilishimiz lozim. Oynaning eng yuqori qizmida sarlavha satri, ikkinchi satrida esa menyu satri joylashgan. Bu dasturni ishlash holatlarini to`g’ri o`rnatish uchun biz menyu satridan foydalanamiz. Quyida biz menyu satrining har bir bo`limini alohida ko`rib chiqamiz.


Файл menyusi

Создать – Yangi oynani ochish

Открыть окно – Yangi yoki saqlangan saytni shu oynada ochish

Редактировать – Saytni tahrirlash

Сохранить как – Saytni qattiq diskka saqlash

Параметры страницы – Sayt varaqasining xususiyatlarini o`zgartirish

Печать – Bosmaga chiqarish

Отправить – Saytni junatish

Экспорт импорт - Ma'lumotlarni tanlab olingan joyga (Internet Explorer)ga oson yo`llar bilan yuborish va qabul qilish

Свойства – Sayt xususiyatlarini ko`rish

Работать автономно – Telefon orqali ulanmasdan ishlash

Закрыть – Oynani berkitish


Правка menyusi

Вырезать – Xotiraga qirqib yoki kuchirib olish

Копировать – Xotiraga nusxani olish

Вставить – Xotiraga olingan nusxani chiqarib qo`yish

Выделить всё – Butun saytni belgilab tanlash

Найти - Qidirish


Вид menyusi

Панель инструментов – Yordamchi asboblarni o`rnatish

Строка состояния – Мa’lumotlarni satrini o`rnatish

Панель обозревателя – Sharhlovchi asboblarni o`rnatish

Перeход – Saytdan boshqa saytga o`tish

Остановить – To`xtatish

Обновить - Yangilash

Размер шрифта – Harflar shriftini o`zgartirish

Вид кодировки – Kodlarni o`zgartirish

Вид HTML - HTML ko`rinishda ko`rsatish

Во весь экран – To`liq ekranda ko`rish


Избранное menyusi

Добавить в избранное – Kerakli bo`lgan saytlar ro`yxatiga qo`shib qo`yish

Упорядочить избранное – Kerak bo`lgan saytlar ro`yxatini tartiblash


Сервис menyusi

Почта новости – Pochta bilan ishlash

Синхронизировать – Oynani qayta tekshirib yangilangan sohalarni o`zgartirish

Windows Update - Windows ni versiyasini Internet orqali yangilatish

Показать связные ссылки – Hamma giperyullanmalarni ko`rsatish

Свойства обозревателя - Обшие bo`limida – boshlovchi saytni o`rnatish, временный fayllarni yoki kiritilgan saytlar ro`yxatini saqlash, ekran ranglari tilli shrifti va har hil boshqa holatlarni o`rnatish. Программа bo`limida – pochta va telekonferensiyalar bilan ishlaydigan dasturlarni o`rnatish. Соеденение bo`limida – ulanish vaziyat holatlarini o`zgartirish. Безопастность bo`limida – viruslardan saqlanish. Содержание bo`limida – bir xil saytlarga kirishni takidlash, malumotlar to`g’rilikni o`rnatish. Дополнительно bo`limida – Explorer dasturini xususiyatlarini o`rnatish (qaysi obektlarni yuklash va yuklamasligini)


Menyu satridan keyingi satrda yordamchi tugmalar satri mavjud. Bu satrdagi tugmalar yordamida siz har xil amallarni bajarishingiz mumkin. Hozir ana shu tugmalar vazifasi bilan tanishamiz

 

Назад – Bir sahifa orqaga yoki boshqa saytlarga qaytish

Вперед – Bir sahifa oldingi yoki yangi saytlarga o`tish

Остановить – Bajarilayotgan buyruq ishini to`xtatadi

Обновить – Ekrandagi sahifani yangilaydi

Домой – Internet ishga tushirilgandagi sahifani ekranga chiqaradi

Поиск – Ma’lumotlarni topish xizmatini ishga tushiradi

Избранное – Kerakli saytlar ro`yxatini ko`rish

Журнал – Foydalanilgan saytlar ro`yxatini ko`rish


Yordamchi tugmalar satridan keyingi qatorda Adres satri joylashgan.

 

Bu satrda biz kerakli Web-sayt adresini yozib ENTER tugmasini bosamiz va natijada kompyuter ekranida shu adresga tegishli Web-sahifa paydo buladi.

Biz internet orqali ko`plab ma'lumotlar olishimiz mumkin.

Internet yordamida siz informatikaga oid ma'lumot olmoqchisiz yoki undan foydalanmoqchisiz, buning uchun qidiruv sistemalaridan foydalanasiz.

Quyida siz bir qancha qidiruv serverlari bilan tanishib chiqasiz:

www.yahoo.com

www.rambler.ru

www.google.com

Ajoyib qidiruv sistemalaridan biri www.google.com ni ekranda ko`rib turibsiz :

 

Siz ushbu qidiruv sistemasi yordamida informatika fanidan, qolaversa barcha fanlardan to`liq ma'lumotlar topishingiz mumkin. Buning uchun qidiruv sistemasiga informatikaga oid biror so`zni yozasiz, masalan "Internet haqida":

Siz izlayotgan ma'lumotlardan iborat saytlar ro`yxati chiqadi. Siz o`zingizga keraklisini tanlaysiz. Natijada siz ko`tgan "Internet haqida" ga oid barcha ma'lumotlardan iborat sayt hosil bo`ladi.

Siz qidiruv sistemasi orqali topgan ushbu sayt orqali Internetning ko`pgina qirralari haqida malumot olasiz.

Quyida keltirilgan ma'lumotlardan foydalanib, dars jarayonida qo`llasangiz Informatika fanini o`qitishda qolaversa boshqa fanlarda ham tatbiq etilsa, o`ylaymanki sizga ancha yordam beradi.

C dasturlash tili tarixi

 

C dasturlash tili 1972 yil AT&T Bell Laboratories firmasi xodimi Денисом Ритчи tomonidan ishlab chiqilgan va qo'llanila boshlangan. D. Ritchi C dasturlash tili uchun Ken Tompson tomonidan yaratilgan B tilini asos qilib olgan. U BCPL (Richards, M., "BCPL: A. Tool for Compiler Writing and System Programming", Proc. AFIPS SJCC, 34, 557-566, 1969) va B (Johnson, S. C., and B. W. Kernighan, "The Programming Language B", Comp. Sci. Tech. Rep. No. 8, Bell Laboratories. 1973) tillarining evolution taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan. BCPL va B tillari bilan taqqoslaganda C ning asosiy qulayligi unga ma'lumotlar tipining kiritilganligidir. C dasturlash tili UNIX (OC UNIX) operation tizimi yaratilayotgan vaqtda ishlab chiqildi. C ning taraqqiyoti uni ishlab chiqarish yakunlangandan keyin ham davom etdi, xususan, ma'lumotlar va vositalar tipini tekshirish imkoniyatlarining kiritilishi dasturning boshqa dasturiy vositalarga o'tkazilishini ham yengillashtirdi. Masalan, OC UNIX ni Interdata 8/32 komputeriga ko'chirilishi C dasturlash tiliga ba'zi qo'shimchalar qo'shilishiga olib keldi, aynan ana shu jarayonda qo'llanilgan union (birlashmalar) kabi. Keyinchalik C dasturlash tili dasturiy vositalari ma'lumotlarini abstraktlashtirishga harakatlar bo'ldi. Hozirgi kunda standartlashtirish loyihalaridan ANSI C - Amerika milliy instituti C tili standartlari va the C Programming Language - Reference Manual, AT&T Bell Laboratories lar qo'llaniladi. C dasturlash tili bilan birgalikda 40 xil tipdagi hisoblash sistemalari uchun tilga kirish uchun translyatorlar yaratildi, 8-razryadli mikroprotsessordan boshlab CRAY-1 - kabi super komputergacha.

Davomi bor ...

 

Зарегистрированный
Анонимно